2021 yil — “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yilida ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar kutiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi – mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqealardan biridir.  Mazkur tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar e’lon qilinadi.

Ushbu nufuzli anjuman poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida ta’lim tizmida quyidagi islohotlar amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tdi:

–        maktabgacha ta’lim qamrovi  2021 yilda 65 foizga, 2023 yilda esa bu ko‘rsatgich 75 foizga yetkaziladi;

–        davlat budjeti hisobidan 600 million so‘m subsidiyalar ajratish hisobidan 2000 ta xususiy bog‘chalar ochiladi;

–        qizlar uchun alohida 2000 ta davlat grantlari joriy etiladi bu esa ayollar va qizlarning jamiyat hayotida yanada ijtimoiylashuvini ta’minlaydi;

–        2021 yilda 30 ta yangi maktab qurish va 320 maktabni qayta ta’mirlash va moddiy texnik bazasini yaxshilash uchun davlat budjetidan 2 triloin so‘m mablag‘ ajratiladi;

–        mamlakatimizdagi  30 ta yetakchi oliygohga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotalarini mustaqil belgilash va boshqa moliyaviy harakatlarni erkin olib borish huquqi beriladi.

–        Oliy o‘quv yurtlariga kirishda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qizlari uchun alohida grantlar miqdori ikki barobar ko‘tarilib 2000 taga yetkaziladi;

–        boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatda mehnat faoliyatni olib borganligi uchun – 100 foiz ustama haq to‘lanadi;

–        2021 yilda yurtimizda 10 ta Prezident maktabi, kimyo, biologiya, matematika, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 197 ta maktab o‘z faoliyatini boshlaydi;

–        Iqtidorli o‘g‘il-qizlarimizning yuqori texnologiyalar va zamonaviy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida alohida yangi universitet tashkil etiladi;

–        2021 yilda yurtimizda 10 ta Prezident maktabi, kimyo, biologiya, matematika, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 197 ta maktab o‘z faoliyatini boshlaydi.

 

H.Sadikov
TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali
“Davlat-huquqiy fanlar” kafedrasi
katta o‘qituvchisi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications