Yigirma uch hikmat

Deydilarkim, Ajam mamlakati xalqlari orasida ajoyib bir odat bor edi. Ularning hayotida muhim bir hodisa ro‘y bersa, to donolar bilan maslahatlashmagunlaricha ish tutmas edilar. Kishilar, hatto yuz, ikki yuz farsax (bir farsax 7-8 kilogrammga teng. Tarjimondan) yo‘l bosib, donolar huzuriga borar, ulardan maslahat so‘rardilar. Kuni kelib mamlakatga Anushervon Odil (Eronda hukm surgan Sosoniylar sulolasining yigirmanchi podshosi bo‘lib, 531-579 yillarda 41 yil hukmronlik qilgan, 579 yilda vafot etgan. Tarjimondan) podshoh bo‘ldi va odillik bistarini jahonga yoydi. Uning amri bilan mamlakat donolari bir yerga jam qilindi. Ularning ichidan donolikda ham dong taratgan 23 kishi tanlab olindi va ularning har biridan hayotda eng zarur bo‘ladigan hikmatli so‘z aytib berish so‘raldi. Natijada «23 hikmat» dunyoga keldi. Qachonki biror muhim ish yuz bersa, Anushervon bu hikmatlarni o‘qir va undan xulosa chiqarib olardi. O‘sha yigirma uch hikmat quyidagilardir:

1. Donolar maslahatiga amal qiling. Ishni shoshib, chala-chulpa qilmang, har bir ishni vaqtida qiling. Ishni qilishdan oldin uning avval oxirini o‘ylab oling. Sinalmagan narsaga ishonmang. Keksalar so‘ziga quloq soling.

2. Kam ozor va rahmdil bo‘ling. O‘zingizni hammadan past oling. Salomatlik qadrini biling. O‘zgalar g‘amda bo‘lganda, Siz xursandchilik qilmang. Qo‘ldan ketgan va yo‘qotilgan narsaga zinhor qayg‘urmang.

3. Yaxshilardan ibrat oling. Odamlar bilan murosa qiling. Do‘stu dushman bilan ehtiyot bo‘lib murosa qiling. Cho‘ntagingizga qarab pul sarflang.

4. Har bir ishda chegaradan chiqmang. Odamlarga hayru sadaqa qilishdan qochmang. Hamma yerda qo‘lingiz va tilingizga ehtiyot bo‘ling. Yoqimsiz ishlardan, yomon ulfatlardan qoching.

5. Berafiq safarga chiqmang. Johil va dag‘al kishilardan xafa bo‘lmang. Birovning yeriga daraxt ekmang.

6. Ilmsiz kishilarga ilm o‘rgating. Qarz olishdan saqlaning. Yomon odamlardan qarz olmang. Behimmat odamlar bilan suhbat qilmang. Bad’asl bilan do‘st bo‘lmang. Haromdan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqing.

7. Mol, davlat uchun jon fido qiluvchi odamlarga nasihat qilmang, nasihat qadrini ulardan yuqoriga quying. Berkitib ovqat yemang. Qo‘l ostingizdagi kishilarga marhamat ko‘zi bilan qarang. Birovning noniga ko‘z olaytirmang.

8. Qorni och odam qarshisida ovqat yemang. O‘z noningizni o‘zgalarga dasturxonida yemang. Odamlarni g‘iybat qilmang. Xotin va bolalaringizni hech qachon aldamang. O‘zgalar xotinini uyingizga olib kelmang.

9. Birovning narsasini o‘zingiznikidan ham ehtiyot qilib saqlang. O‘zgalar uyida farmonbardorlik qilmang. Nokas odamni uyingizga kiritmang. Boyligingizga mag‘rurlanmang. Er-xotin o‘rtasiga tushmang.

10. Eldan sharm qiling. O‘zgalarga ta’ma ko‘zi bilan qaramang. Kasb-hunarga mehr qo‘ying. Boshqalarni hech qachon g‘amu kulfatda qoldirmang.

11. Mehmonni izzat hurmat qiling. Ota-onani haqqini biling va ularni hurmatini joyiga qo‘ying. Qarindoshlaringizni ranjitmang. Va’daga vafo qiling, ahdingizni buzmang. Aytilmagan joyga bormang. Birovning sizga ishi tushsa,qo‘lingizdan kelsa, albatta bajaring.

12. Kimning ilmi ko‘p bo‘lsa, uni boshqalardan ko‘proq e’zozlang. Kimki ilm o‘rganishdan qochsa, uni odam hisoblamang. Joningiz salomatligini tilingizdan biling. Do‘st va dushman haqida nomunosib gaplarni har yerda gapirib yurmang.

13. So‘kishni odat qilmang. Yomon gapga quloq solmang. Maslahatga quloq solmaydigan, dag‘al kishiga nasihat qilmang.

14. Yaxshilar ziyoratiga borishni odat qiling. Ulug‘ kishilarga muhabbat ko‘zi bilan qarang. Odamlarni yaxshilik bilan yod eting. Do‘stlarga ham, dushmanga ham nasihatni ayamang. Ilmga chanqoq bo‘ling.

15. Tekshirmasdan har kimning gapiga ishonavermang. Rost gapga ham, yolg‘on gapga ham qasam ichishga odatlanmang. Qarilik g‘amini yoshlikda yeng.

16. Mard bo‘ling. Baxl bo‘lmang. Hojatingizni mard odamlardan so‘rang. Odamlarga qo‘ldan kelganicha yaxshilik qiling. Do‘stlaringizni aybidan ogoh qiling.

17. Farzandlaringizni sabr – toqatli bo‘lishga o‘rgating. Ichki ahvolingizni dushmandan sir tuting. Birovni siridan ogoh bo‘lishga urinmang.

18. Ulug‘lar oldida jahl qilmang. O‘zingizga yarashadigan gapni gapiring. Uyat o‘limdan qattiq ekanini esingizdan chiqarmang.

19. Vafodor do‘stlardan ko‘ngil uzmang. Boy – badavlat bo‘lgan vaqtingizda muhtoj do‘stlaringizga yordam qiling, chunki vaqti kelib sizning ham ularga ishingiz tushadi. Dushmandan doim qo‘rqing. Nodon do‘stni dushmandan kuchli deb biling. Dushman do‘stlik qila boshlasa, undan albatta shubhalaning.

20. O‘z yukingizni o‘zingizni ko‘taring. Kerakli kunda yordami tegmaydigan do‘stdan voz keching. Xayr – ehsoni yo‘q odamni o‘lik odam bilan teng biling. Haq gapni hurmat qiling.

21. Donolar aytibdiki, yaxshilik o‘n hislatda namoyondir. Birinchisi – xalq bilan biror ishda muxoloflik qilmaslikda.
Ikkichisi – insofli bo‘lishda.
Uchinchisi – birovlarni orqasidan gapirib yurmaslikda.
To‘rtinchisi – yomonlik qilganlarga yaxshilik qilishda.
Beshinchisi – gunohkor uzr so‘rasa, avf etishda.
Oltinchisi – muhtojlar hojatini chiqarishda.
Yettinchisi – xalq g‘amini yeyishda.
Sakkizinchisi – el bilan hamisha ochiq yuzli bo‘lishda.
O‘ninchisi – hamma bilan shirin muomala qilishda.

22. Sog‘ bo‘lsangiz ham salomatlik haqida o‘ylang. Sabrli bo‘ling. Umidvor odamni noumid qaytarmang. Bir ko‘rgan kishingizga darrov ishona qolmang. pfchangsfeedback.com

23. Bugungi ishni ertaga qo‘yma. Yosh qizga uylaning. Har bir ishni fikr va andisha bilan qiling.

Hadisdan: 727
Qiyomat kunida tarozi pallasiga tushadigan savoblar ichida xushhulqlikdan og‘irrog‘i yo‘q.
Albatta xushhulq kishi o‘zining hushhulqi bilan kechalari namoz o‘qib, ro‘za tutgan kishining darajasiga yetadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications