Abdulhamid — so‘nggi hukmdor asari haqida (Okay Tiryakio‘g‘li)

Yozgan tarixiy asarlari jahon bestsellerlari ro‘yxatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, bir qancha mukofotlar sohibi, turk adibi — Okay Tiryakio‘g‘lidan o‘tkir syujetli yana bitta roman sizlar uchun armug‘on qilindi.

Endi siz “Abdulhamid” bilan birgalikda Usmonlilar tarixining jumboqli va qizg‘in davrini yashashga tayyor turing. Sulton Abdulhamidning sir-sinoatga to‘la saroyiga qadam tashlar ekansiz, buyuk sultonning xalqaro siyosiy muzokaralarida o‘zingiz ham ishtirok etayotganday bo‘lasiz.

“Birodarlik jamiyati” deb nomlanuvchi guruhning yillar davomida tayyorlangan uchta anarxisti tomonidan Parijda boshlangan tartibsizliklarning Istanbulda uyushtirilgan suiqasdga borib taqalishining yechimi topilib, endi hammasi iziga tushadi deb o‘ylarkansiz, birdan o‘zingiz ham saroydagi voqealarning qoq markaziga tushib qolasiz. Go‘yoki sulton Abdulhamid oldida paydo bo‘lasiz. Ana endi siz o‘zingizni Qiziqtirgan savollarning javobini topa boshlaysiz:

93-urushda nimalar bo‘lgan? Falastin mojarolarida-chi? Konstitusiyani qabul qilish jarayonlari qanday o‘tgan? Parlament nega tarqatib yuborilgan? “31-mart voqealari” nimani bildiradi?

Sulton bilan josuslar o‘rtasidagi qizg‘in tortishuvlarda ishtirok etib, siz ham saroydagi hiyla-nayranglar o‘rtasida yurasiz. Do‘st-dushmanning, xiyonat va muhabbatning qayerdan qanday paydo bo‘lishini bilish qiyin bo‘lgan bu romanning bosh qahramoni obrazida shaxsan ishtirok etayotganday his qilasiz o‘zingizni.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications