Advokatlar qanday soliq to’laydi?

Advokatlar hay’ati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari faoliyatning notijorat tashkilotlar sifatida advokatlar tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq qismi bo‘yicha soliqlar va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinadi, bundan quyidagilar mustasno:

  • bojxona to‘lovlari;
  • ijtimoiy soliq;
  • avtotransport yig‘imi;
  •  to‘lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar.

Advokatlar hay’ati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) soliqlar va yig‘imlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun Soliq Kodeksida nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi. (O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 477-modda)

Advokatlar daromadlariga soliq solish

Advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun olinadigan gonorarlar summalariga ushbu normada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, Soliq Kodeksining XIII bo‘limida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi.

Advokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solish obyektidir.
Advokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun olingan summa bilan advokatlar hay’atlarini, advokatlik firmalarini va advokatlik byurolarini saqlab turish uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliq bazasi advokatning daromadidan uning daromadida hisobga olinadigan ijtimoiy to‘lov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
(O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 478-modda)

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications