Aksiyadorlik jamiyatlari qanday hollarda dividend to’lamaydi?

Quyidagi hollarda jamiyat aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash to’g’risida qaror qabul qilishga hamda dividendlar to’lashga haqli emas:

– jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) hammasi uning ta’sis etilishi chog’ida to’liq
to’lab bo’linguniga qadar;

– agar dividendlar to’lanadigan paytda jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud bo’lsa yoki
jamiyatda shunday belgilar dividendlarni to’lash natijasida paydo bo’lsa;

– agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) va zaxira fondi
summasidan kam bo’lsalar to’lashga haqli emas.

Ushbu moddada ko’rsatilgan holatlar tugatilgach, jamiyat hisoblangan dividendlarni
aksiyadorlarga to’lashi shart.

Agar siz aksiyador bo’lgan jamiyatda yuqorida keltirilgan holatlar mavjud bo’lmasa sizga
dividendlar ajratilishi shart.

«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 54-moddasi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications