Aksiz solig’i obyekti nima?

Aksiz solig‘i solinadigan obyektlar quyidagilardan iborat: 1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan aksiz to‘lanadigan tovarlarni boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun berish: tovarga bo‘lgan mulk huquqini berish; garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan berish; aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul berish; aksiz to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to‘lash yoki dividendlar to‘lash hisobidan berish; 2) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish; 3) aksiz to‘lanadigan tovarlarni: a) ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish; b) yuridik shaxs bo‘lgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda aksiyadorga berish; v) yuridik shaxsni tugatishda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish; 4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xomashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan, shuningdek aksiz to‘lanadigan shunday xomashyo va materiallarning mahsuli bo‘lgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xomashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish; 5) aksiz to‘lanadigan tovarlardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish; 6) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish; 7) benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish; 8) aksiz to‘lanadigan xizmatlar ko‘rsatish; 9) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning buzilishi, yo‘qotilishi, bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hollar mustasno. Aybdor tomonidan tovarning qiymati sug‘urta orqali to‘langan yoki uning o‘rni qoplangan taqdirda, aksiz solig‘i sug‘urta orqali to‘lash (o‘rnini qoplash) ulushida to‘lanadi. Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: 1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni eksportga (eksportning bojxona tartib-taomillarida) realizatsiya qilish, bundan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno; 2) bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan, qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketish sharti bilan berish; 3) ixtisoslashtirilgan gaz ta’minoti korxonalari orqali aholiga suyultirilgan gazni maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish; 4) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga quyidagi aksiz to‘lanadigan tovarlarni: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirish; davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar orqali xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida olib kirish; agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan bo‘lsa, xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kirish; 5) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilish. O‘zbekiston Respublikasi hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirishning eng yuqori normalari qonun hujjatlarida belgilanadi; 6) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari.   (Soliq Kodeksi 284-modda)

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications