Aksiz solig’ini kimlar to’laydilar?

Share on telegram
Share on facebook
Share on twitter
Share on linkedin
Share on whatsapp
Share on odnoklassniki
Share on vk
Aksiz solig‘ini to‘lovchilar deb quyidagi shaxslar e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
2) tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
3) benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu bo‘limni qo‘llash maqsadida yakuniy iste’molchilar deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;
4) oddiy shirkat ishtirokchisi bo‘lgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
5) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz to‘lanadigan tovarlarni olib o‘tuvchilar. Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq mazkur shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Quyidagilar ham soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi:
1) telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz to‘lanadigan xizmatlarni) ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
(Soliq Kodeksi 283-moddasi)
Share on telegram
Share on facebook
Share on twitter
Share on linkedin
Share on whatsapp
Share on odnoklassniki
Share on vk
Scroll to Top