Aliment miqdorini o’zgartirish yoki bekor qilish mumkinmi?

Agar aliment miqdori sud tartibida belgilanganidan keyin taraflardan birining moddiy yoki oilaviy ahvoli o‘zgarsa, sud ulardan har birining talabiga ko‘ra alimentning belgilangan miqdorini o‘zgartirishga yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsni aliment to‘lashdan ozod qilishga haqli. Aliment miqdorini o‘zgartirishda yoki uni to‘lashdan ozod qilishda sud taraflarning e’tiborga loyiq boshqa manfaatlarini hisobga olishga haqli.

Aliment miqdorini o’zgartirish yoki aliment to’lashni bekorqilishni istovchi shaxs fuqarolik ishlari bo’yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications