Aliment to’lovchi chet elga qanday chiqadi?

 Oila kodeksining 145-moddasiga ko’ra, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganida qonunga muvofiq o‘zi ta’minot berishi lozim bo‘lgan aliment oluvchilar bilan Oila Kodeksning 130—134-moddalariga asosan aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishi shart.

Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan taqdirda, manfaatdor shaxs aliment miqdorining pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi va alimentni bir yo‘la to‘lash to‘g‘risida yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda to‘lash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Sobiq xotin bilan aliment to’lash usullari va miqdori haqida kelishuvga kelinsa, bunday kelishuv notarial tasdiqlanishi lozim. Chet elga chiqishda ushbu shartnoma nusxasini ko’rsatish chet elga to’siqsiz chiqishingizga asos bo’ladi.

Agar alimentning to’lash usuli yoki miqdori haqida bir kelishuvga kela olinmasa, bu haqda tuman(shahar) fuqarolik ishlari bo’yicha sudiga alimentni bir yo’la to’lash to’g’risida ajrim chiqarib berishini so’rab murojaat qilish mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications