Aliment to’lash to’g’risida kelishuv qanday tuziladi?

Aliment to’ash to’g’risidagi kelishuv notarial tartibda tuziladi.

Notarial xizmatning soddalashtirilgan tavsifi

Аliment toʼlash toʼgʼrisidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va toʼlash tartibi) aliment toʼlashi shart boʼlgan shaxs bilan aliment oluvchi oʼrtasida tuziladi. Аgar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz boʼlsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan tuziladi.

Xizmatni olish uchun zarur boʼlgan hoʼjjatlar roʼyxati, nusxalari soni va asl hujjatlarni taqdim etish zarurligi koʼrsatilgan:
  1. Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
  • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
  • 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
  • chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditasiya – qilinganligini tasdiqlovchi akkreditasiya kartochkasi;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
  1. Tomonlarning aliment majburiyatlari bo‘yicha qarindoshligini tasdiqlovich hujjat .
  2. Daromad va (yoki) boshqa daromad tasdiqlovchi hujjatlar.
  3. Kadastrovoye delo (kadastrovыy pasport) s pravoustanavlivayuщim doku­mentom na nedvijimoye imuщyestvo/Svidetelstvo o registrasii transportnogo sredstva (texpasport) organov GSBDD. (Kelishuv bo‘yicha aliment to‘lash usuli va tartibi mol-mulk berish yoki boshka usullar bilan amalga oshirilgan hollarda).
Notarial harakat ishtirokchilari

Bir tarafdan:
Аliment toʼlaydigan shaxs.

Boshqa tarafdan:

  1. Аliment oluvchi va (yoki) uning qonuniy vakili.Muomalaga layoqatsiz/muomala layoqati cheklangan/voyaga yetmagan shaxslar bitim ishtiroqchilari boʼlsa Vasiylik va homiylik organlarining xodimi.(zarur hollarda)
  2. Muomalaga layoqatsiz/muomala layoqati cheklangan/voyaga yetmagan shaxslar bitim ishtiroqchilari boʼlsa Vasiylik va homiylik organlarining xodimi.(zarur hollarda)

Izoh: Zarur boʼlsa, shartnomada tarjimon ishtirok etishi mumkin.

Xizmat narxi

Nikoh shartnomasini notarial tasdiqlash, ularga oʼzgartirishlar kiritish yoki bekor qilish davlat boji undirilmaydi.

Muddati

60 daqiqa

Boshqa shartlar va talablar

Oila kodeksining 131-modda. Аliment toʼlash toʼgʼrisidagi kelishuvning shakli

  • Аliment toʼlash toʼgʼrisidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
  • Аliment toʼlash toʼgʼrisida kelishuv tuzishning qonunda belgilangan shakliga rioya qilmaslik, Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
  • Notarial tartibda tasdiqlangan aliment toʼlash toʼgʼrisidagi kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega boʼladi.

133-modda. Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga binoan to‘lanadigan alimentlar miqdori

  • Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga binoan to‘lanadigan alimentlarning miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar.
  • Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga binoan to‘lanadigan alimentning miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin bo‘lgan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications