Andijonda bobo va nevara suvga choʻkib ketdi

Joriy yilning 16-dekabr kuni Andijon viloyatining Baliqchi tumanida baxtsiz hodisa tufayli ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashagan, 2002-yilda tugʻilgan Z. K. oʻz joniga qasd qilib, uyi oldidan oqib oʻtuvchi “Qoradaryo” kanaliga oʻzini tashlagan vaqtda buni 65 yoshli bobosi koʻrib qolgan. Nevarasini qutqarish uchun u ham suvga tushgan. Lekin oqim kuchliligi va suvning sovuqligi vaziyatni yana-da ogʻirlashtirgan. Nevaraga qoʻshilib, bobo ham choʻkib ketgan.

Jasadlarni suvdan qidirib topish choralari koʻrilgan. Surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications