AQShning Penn State Law universitetida 1 yillik magistratura (LLM)

Universitet haqida

Penn State Law universiteti AQSHning Pennsilvaniya shtati, State College talabalar shahrida joylashgan. Universitet kampusi University Parkda joylashgan.

Penn State Law universitet QS World University Rankings reytingida TOP-100 talik universitetlar qatorida turadi.

Universitet to’lov-kontrakt miqdori

Penn State Law universiteti xalqaro talabalar uchun bir yillik magistratura (LLM) dasturini taqdim etadi. Magistratura uchun bir yillik to’lov kontrakti summasi 53-ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Less Merit Scholarship

Penn State Law LLM dasturi uchun universitet tomonidan Less Merit granti taqdim etiladi. Ushbu grant sohiblariga to’lov kontrakti summasining 80 foizidan 100 foizigacha bo’lgan miqdorda grant ajratiladi. O’zbekistonning quyidagi universitetlari bitiruvchilariga ushbu grantni ajratishda afzalliklar beriladi:

  • Toshkent davlat yuridik universiteti
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
  • Toshkent xalqaro Westminister universiteti (WIUT)
Sohalar

Penn State Law universitetida soha tanlash talaba o’qishga qabul qilinganidan so’ng amalga oshiriladi. Ma’lum bir sohaga ixtisoslashish majburiy emas. Ya’ni siz bir vaqtning o’zida ham Jinoyat huquqi, ham Tijorat huquqi, ham Intellektual mulk huquqi va hokazoga oid fanlarni tanlashingiz mumkin. Agar ma’lum bir sohaga ixtisoslashishni istasangiz, shu sohaga oid fanlardan 9 kredit to’plashingiz kifoya.

Penn State Law LLM dasturida ixtisoslashtirilgan sohalar bilan tanishish uchun ushbu havolaga kiring: Sohalar

Talaba bir semestrda maksimal 17 kreditlik fan tanlash imkoniyatiga ega (minimal 12 kredit).  Bir semestr davomida o’qiladigan fanlar kredit miqdoriga qarab 4 yoki 5 ta bo’lishi mumkin.

Penn State Law LLM magistratura dasturining kuzgi semestri 4-avgust sanasida boshlanadi.

Hujjat topshirish

Penn State Law LLM magistratura dasturi uchun qabul muddati:

  • 15-avgustdan 1-aprelgacha

Talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati

  • Baholar transkripti (ingliz tilida GPA)
  • Ingliz tilini bilishni tasdiqlovchi sertifikat (IELTS – minimal 6.5, TOEFL – minimal 88)
  • Personal Statement (Motivatsion xat)
  • Rezyume
  • O’qituvchi-professorlardan 2 ta tavsifnoma

Hujjat topshirish ikkita bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Universitet sayti orqali anketa to’ldirish
  2. Email orqali hujjatlarni yuborish (blj10@psu.edu)

Hujjatlar ko’rib chiqilgach, barcha talablarga javob beruvchi nomzodlar bilan Skype orqali suhbat o’tkaziladi. Unda:

  • Nomzod o’zi haqida so’zlab beradi
  • Suhbat yakunida nomzodga taqdim etiladigan grant miqdori e’lon qilinadi.

Suhbatdan muvaffaqqiyatli o’tgan nomzodga bir yoki ikki ish kuni ichida Offer email orqali yuboriladi.

Offerni qabul qilish to’g’risidagi Letter of acceptanceni imzolab, email orqali yuborgan nomzod, universitetga to’liq qabul qilingan hisoblanadi.

Anketa to’ldirish uchun link:

Anketa to’ldirish

Anketa to’ldirilgach, kerakli hujjatlar quyidagi hujjatlar quyidagi emailga yuboriladi.

blj10@psu.edu

E’tiboringiz uchun rahmat. Savollaringizni quyidagi telegram manziliga yuborishingiz mumkin: @creklam

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications