Arxivdan hujjatlar topilmasa, mehnat daftarchasidagi yozuvlar bo`yicha ish staji hisoblanadimi?

Arxivlar tomonidan mehnat daftarchasi asosida mehnat staji va fuqaroning so`roviga asosan ish xaqini  tasdiqlash  bo`yicha mavjud hujjatlar asosida arxiv ma`lumotnomasi tayyorlab beriladi. Agar ushbu hujjatlar arxivlarda bo`lmagan taqdirda 1999-2016 yilgacha ish stajingizni sud orqali, ya`ni o`zingiz bilan ishlagan fuqarolarning guvohligi orqali tiklashingiz mumkin. Oylik maoshingizni 2005 yildan boshlab Xalq banki orqali “Jamg`arib boriladigan pensiya kitobchasi” orqali olishingiz imkoni bor. Shu bilan birga arxiv tomonidan“arxiv saqloviga topshirilmagan” mazmunidagi ma`lumotnoma beriladi. Ushbu ma`lumotnomani Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasiga olib borasiz. Sizga xizmat ko`rsatuvchi inspektor o`rnatilgan tartibda sud organlariga murojaat qilib, ishlaganligingizni tasdiqlovchi sud qarorini chiqarishda amaliy yordam ko`rsatadi. Ish staji to`g`risida hujjatlar mavjud bo`lmagan taqdirda mehnat faoliyati davrlari sudning qarori bilanbelgilanadi.

Pensiya jamg`armasining hududiy bo`linmalari fuqarolarga ish stajini tasdiqlash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan asos mavjud bo`lgan taqdirda sudlarga da`volar tayyorlashda ko`maklashishadi. Erkaklar uchun 1991 yilgacha ishlagan tashkiloti topilmasa, Mehnat daftarchasidagi yozuvlar bo`yicha staj hisoblanadi. Mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications