Avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish uchun litsenziya qanday olinadi?

Avtomobilda yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish uchun litsenziya talab etiladi.

Litsenziya:

  • yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish uchun – O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan
  • yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish uchun – O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi (manzili va telefonlari shu yerda).

Avtomobilda yo‘lovchilarni va yuklarni litsenziyasiz tashiganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Litsenziya olish uchun elektron arizani ushbu havola orqali berish mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications