Bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etiladi

“Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2021-yil 1-iyuldan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga quyidagi faoliyat turlari bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi:

maxsus avtotransportda tashkil etiladigan “mobil tibbiyot” xizmati yordamida joyiga chiqqan holda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish;

nodavlat tibbiyot tashkilotining oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat “tibbiy punkt”larini tashkil etish.

2021-yil 1-noyabrgacha bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etiladi.

Farmonga koʻra, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bepul davolanishga orderlar berish uchun 2021-yilda Sogʻliqni saqlash vazirligiga qoʻshimcha 80 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Vazirlikda Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi tashkil etildi.

Shuningdek, 2021-yil 1-iyuldan Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi unga Vrachlar va farmatsevtlarga litsenziya berish va attestatsiyadan oʻtkazish Respublika markazini qoʻshib olish yoʻli bilan qayta tashkil etiladi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga oʻtkaziladi.

Palata, jumladan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazadi va ularga malaka toifalari beradi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications