Skip to main content

Bir martalik ish bilan ta’minlash tartibi qanday?

Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda viloyat hokimliklari bilan birgalikda qulay hududda tashkil etiladi.

  • Byuro soat 6.00 dan 16.00 gacha dam olish kunlarisiz ishlaydi.
  • Byuro orqali ish izlovchi shaxslarga 6 oydan oshmagan muddatga tegishli guvohnoma beriladi.

Guvohnoma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • ariza;
  • asl nusxa ko‘rsatilgan holda pasportning nusxasi (ID karta);
  • 3 x 4 sm o‘lchamli 4 ta fotosurat;
  • belgilangan shakldagi so‘rovnoma.

Bir martalik ishlarga yollanayotgan fuqarolar quyidagi huquqlarga ega

  • vaqtinchalik bir martalik ishlarga doir takliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
  • tuman (shahar) korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
  • Byuro xodimlarining mehnat va ish bilan ta’minlash to‘g‘risida amaldagi qonun normalari, shuningdek ayrim ish turlari bo‘yicha xavfsiz ish usullari to‘g‘risidagi maslahatni;
  • yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollash masalalari yuzasidan Byuroga murojaat qilgan hollarda mehnat shartnomalarini rasmiylashtirishda ko‘makni tekin olish.

Ishga qabul qilinuvchilarning majburiyatlari:

  • xavfsiz mehnat sharoitini yaratish;
  • bajarilgan ishlar uchun og‘zaki kelishuvga muvofiq ish haqini to‘liq va vaqtida to‘lash;
  • zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlarni ta’minlash;
  • ish paytida yollanma ishchi qonunchilikni buzsa yoki u bilan baxtsiz hodisa yuz bersa zudlik bilan Byuroga (boshqa vakolatli organlarga) xabar berish.
Categories: Mehnat huquqi