Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz.

Shavkat Mirziyoyev

Adolat bor joyda jamiyat yuksalishi tan olingan haqiqat. Zotan, adolat asosiga qurilgan davlatning poydevori mustahkam bo’ladi. Bu bizga tarixdan ma’lum, buyuk saltanat hisoblanmish Temuriylar davri tarixidan ma’lum. Biroq jamiyatdagi nohaqliklar, adolatsizliklar, aytish joiz bo’lsa, “turli o’yinlar” taraqqiyotning har qanday bosqichidagi davlatni ortga tortadi, rivojlanishiga to’siq bo’ladi. Bugun mana shunday taraqqiyotga g’ov bo’layotgan asosiy omillardan biri bo’lgan korrupsiya haqida so’z yuritsak. Hech e’tibor berganmisiz, bugun shu so’z shunchalar ommalashdiki, uning mohiyatini bilmagan kimsa yo’q. Uni ilmiy tomonlama ma’no-mazmunini tushuntirishning keragi yo’q. Chunki xalq uning tom mazmuni anglab bo’lgan. Barcha biladi, hech yo’q deganda bir bor boshidan o’tkazgan, guvohi bo’lgan. Shundan bo’lsa kerak, har holda tasavvurga ega. Endi o’sha xalqdan ma’rifat nima deb so’rang, ma’naviyat nima deb so’rang. Barchadan javob olomaysiz. Bunga sabab xalq uni ko’rmagan, eshitmagan, boshidan o’tkazmagan, his qilmagan. Korrupsiya qadar ommalashmagan u. Ammo nima uchun?

Korrupsiya tarixi uzoq o’tmishga, davlatchilikning paydo bo’lishiga borib taqaladi. Masalan, qadimgi Rim imperiyasini olaylik. Konsullar ularni saylashi uchun odamlarga turli xil sovg’a salomlar bergan, mansabini sotib olgan. Hozir ham shunday. Ya’ni korrupsiya davlat bilan qadam-baqadam yurgan. Davlat o’z funksiyasini bajarishi uchun unga turli tuzilmalar kerak. U o’zining boshqaruv apparatini tuzishi kerak. Va tabiiyki, har qanday tuzilma insonlardan iborat bo’ladi. Organ yoki tashkilot deymizmi, muassasa deymizmi, biror kasbmi, oliy o’quv yurtimi, xullas, barchasida ishchi xodimlarga talab mavjud. Aytaylik, biror bir o’qishning fakultetiga talabalarning qabul soni 50 ta bo’lsa, shulardan beshtasi pul berish bilan kirishga harakat qiladi. Mana shu joyning o’zida korrupsiya vujudga keladi. Kelmasligining iloji ham yo’q. Chunki bu bugun bizning ongimizga singib ulgurgan. Albatta, korrupsiya vujudga kelishiga sabab faqat yuqoridagi holat emas. Buning yana bir talay sabablari mavjud. Korrupsiya nafaqat jamiyatning buguniga, balki, kelajagiga ham to’siq. O’z o’rnida u davlatning iqtisodiy, siyosiy faoliyatiga ham jiddiy zarar yetkazadi. Xalqning dono, bilimli vakillari bo’la turib, aynan korrupsiya sabab ular yuzaga chiqmasligi mumkin. Bilimli, zakovatli yoshlar o’rnini nomunosib kimsalar egallashi mumkin. Korrupsiyaning birgina ta’lim sohasidagi ko’rinishi shunday oqibatlarga olib kelsa, qolgan sohalarini ham qo’shganda qanday holatlar yuz berishi mumkinligini bir tasavvur qilib ko’ring-a!

Dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlari ham bugun korrupsiyaga qarshi kurash olib bormoqda. Va bu yo’lda turli tajribalarni qo’llashmoqda. Masalan, Xitoy Xalq Respublikasida korrupsioner uchun o’lim jazosi belgilangan. Jazo chorasi naqadar shafqatsiz bo’lmasin, baribir Xitoyda bugun korrupsiya holatlari kuzatilmoqda, davlat bu illatdan qutulgani yo’q. Nazdimda, qonunchilik tizimidagi eng o’gir jazo bo’lgan o’lim jazosi ham korrupsiyani yo’q qila olmaydi, ya’ni ushbu vaziyatga yechim faqat qonunlar orqali bo’lishi mumkin emas. Yoki uning asosiy sababini moddiy manfaat desak va moddiy taraflama ta’minotni yanada kuchaytirish kerak desak ham, fikrimcha, to’liq yechim bo’lmaydi. Nega deganda insonlar doim o’zida boridan yana-da ko’prog’ini istaydi. To’g’ri, qonunlarda ushbu vaziyatga nisbatan davlat sanksiyasi belgilanishi tabiiy hol, bu kerak ham. Ammo qonunlarga mutlaq yechim sifatida qarash kerak emas. Zero, qonundan-da kuchli narsalar mavjud. Bu ishonch, e’tiqod masalasi. Korrupsiyani yo’q qilish uchun insonlarning ong-u shuuriga korrupsiyaga qarshi nafrat degan g’oyani singdirish kerak. Chunki inson qonunda belgilangan jazolarga chidashi mumkin, ya’ni tan jazosiga chidashi mumkin, lekin uning e’tiqodi boshqa masala. Qonunni buzishi mumkin, e’tiqodini emas. Shuning uchun insonlaring ongiga singan noto’g’ri talqin zanjirini uzish kerak. Zero, insonning e’tiqodiga, ongiga singgan g’oyalar also o’chmaydi. Muqaddas Islom dinimizda ham aynan shu holatlar qoralangan. Xususan, muqaddas kitobimiz Qur’oni Karimda shunday deyiladi: “Mol (va boylik) laringizni oʻrtalaringizda botil (yoʻllar) bilan yemangiz! Shuningdek, bila turib, odamlarning haqlaridan bir qismini gunoh yoʻli bilan yeyish (oʻzlashtirish) maqsadida uni hokimlarga havola etmangiz!” (Baqara surasi, 188-oyat).

Shuningdek, korrupsiyani yo’qotish uchun bitta shaxsning hukmronligini yo’qotish kerak. Bir mahallada, tumanda, shaharda, viloyatda va davlatda bir xonadonning siyosiy hukmronligini yo’qotish kerak. Biz mana shunday usullar bilan korrupsiyaga qarshi kurashishimiz kerak. Agar jamiyatimiz kelajagi mana shunday g’oyalar ruhi ostida tarbiyalangan yoshlar qo’lida bo’lsa, ayta olamizki, hech qanday korrupsiya yurtimizni jadal rivojiga to’siq bo’la olmaydi.

Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, bugun nafaqat bizning yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham korrupsiya dolzarb muammo bo’lib qolmoqda. Uni yengish, unga qarshi kurashish uchun davlat miqyosida ham, xalqaro miqyosda ham turli xil qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O’zbekistonda “Korrupsiya qarshi kurashish to’g’risida” gi (2017-yil 3-yanvar) qonun qabul qilinib, bu boradagi islohotlar jadal davom etmoqda. Shuningdek O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga ham a’zo davlat hisoblanadi va bu davlatimizning bu sohaga qay darajada jiddiy yondashayotganing isbotidir. Korrupsiya qarshi kurashish maqsadida bugun aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishga oid chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada turli ilmiy-amaliy tadbirlar, aholi bilan davra suhbatlari o’tkazilmoqda, ayniqsa, yoshlar bilan. Zotan, biz ularni bugun korrupsiyaga qarshi kurash ruhida tarbiyalay olsak, ular ertaga haqiqiy jamiyatning ertasini o’ylovchi, vatanparvar o’g’il va qizlar bo’lib yetishib chiqadi va taraqqiyotimiz bardavom bo’laveradi.

Aziz yurtdoshlarim! Hech qachon hech narsaga befarq bo’lmaylik. Jamiyatimizdagi salbiy illatlarga birgalikda kurashaylik. Zotan, mana shu yurt, mana shu O’zbekiston siz-u bizniki. Biz quradigan adolatli jamiyatda o’zimiz, qolaversa, avlodlarimiz tinch va farovon hayot kechirar ekan, mana shunday jamiyatni qurishda barchamiz bab-baravar ishtirok etaylik. So’zimizni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlari bilan yakunlasak: “Korrupsiya – bu davlatimizni ich-ichidan yemirib, milliy xavfsizligimizga rahna soladigan g’oyat xatarli tahdid va unga qarshi murosasiz kurash olib borish – barchamizning burchimizdir”.

 

Muhammadjonova Gulruh

TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali

talabasi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications