Bola parvarishi ta’tili paytida ishga qaytish mumkinmi?

Mehnat kodeksi 234-moddasiga muvofiq homiladorlik va tug’ish ta’tili tugaganidan keyin
ayolning xohishiga ko’ra, unga bolasi ikki yoshga to’lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to’lanadi.

Bundan ko’rinib turibdiki, bola parvarishi ta’tili olish sizning huquqingiz.

Bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi.

Ish beruvchi sizning bola parvarishi ta’tili davrida bo’lgan davringizda boshqa
xodimni vaqtinchalik (muddatli mehnat shartnomasi asosida) ishga olishi mumkin. Bunday vaqtlarda Mehnat kodeksi 105-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim bo’lgan xodimning ishda bo’lmagan vaqtiga mo’ljallab tuzilgan mehnat shartnomasi shu xodim ishga qaytgan kundan e’tiboran bekor qilinadi.

Shunday ekan, siz ishga qaytsangiz o’sha xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor
qilinadi.

Mehnat Kodeksi 234-moddasi to’rtinchi moddasiga muvofiq ayol o’z xohishlariga ko’ra, bolani parvarishlash ta’tili davrida to’liq bo’lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashlari mumkin. Bunda ularning nafaqa olish huquqlari (ushbu moddaning birinchi qismi) saqlanib qoladi.

Xulosa qiladigan bo’lsak, bola parvarishi ta’tili paytida ishga qaytishingiz mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications