Yangiliklar
Bosh sahifa / Oila huquqi / Aliment / Bobo yoki buvidan nevaraga aliment undirish mumkinmi?

Bobo yoki buvidan nevaraga aliment undirish mumkinmi?

Oila qonunchiligida agar ota-onalar o‘zlarining voyaga yetmagan bolalariga qonunda nazarda tutilgan sabablarga ko‘ra moddiy ta’minot berishga qodir bo‘lmasalar, voyaga yetmagan bolalarga, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslarga ta’minot berish majburiyati sud tomonidan ularning qarindoshlari: bobo, buvi, nevara, aka-uka, opa-singil, qolaversa, o‘gay ota va o‘gay ona, o‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, doimiy tarbiyada bo‘lgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Oila kodeksining 123-moddasiga binoan, ota-onasi yo‘q bo‘lgan yoki ulardan ta’minot ololmaydigan voyaga yetmagan nevaralariga ta’minot berish majburiyati yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan bobo va buvi zimmasiga
yuklatilishi mumkin. Bobo va buvi nevaralari bilan ularga moddiy ta’minot to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishlari mumkin. Bunday kelishuvga Oila kodeksi XVII bobining qoidalari tatbiq etiladi. Kelishuv tuzilgan taqdirda, aliment
miqdori, shartlari va to‘lash tartibi belgilanadi.
Bobo va buvining aliment majburiyatlari aliment to‘lovchilarning ikkinchi navbatdagi a’zolariga kirib, agar ular aliment to‘lovchilarning birinchi navbatdagilaridan, yani ota-onasidan ta’minot ololmaydigan bo‘lsa, ularga yuklatiladi.

0