Shanba, Iyul 11, 2020

Bola puli kimlarga beriladi?

3 053

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi.

Bunday moddiy yordam ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga (yashab turgan mahallasiga) murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi. 

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi. Biroq bu bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerak. Bundan tashqari, agar tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan ikki va undan ortiq bola parvarish qilinsa, u holda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa kichik bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bir baravar miqdorda to‘lanadi. 

Nomi zikr etilgan qarorga ko‘ra, bola parvarishi bo‘yicha nafaqani kelgusida ham olishga muhtojligi bo‘lgan taqdirda uni olgan shaxs to‘lovlarning avvalgi o‘n ikki oylik muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar ushbu nafaqani uzluksiz to‘lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun belgilangan tartibda mahalla fuqarolar yig‘iniga takroran murojaat etish huquqiga ega. 

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam to‘lashning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ariza beruvchi nafaqa va moddiy yordam to‘lashni yangi muddatga davom ettirilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan nafaqa va moddiy yordam to‘lash muddati tugayotgan oydan keyingi oyga beriladi. Takroriy murojaatlarni ko‘rib chiqish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

Ommabop

Nikohni bekor qilish uchun to’lanadigan davlat boji miqdori

Fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga beriladigan: nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan - Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan - Bazaviy...

«O’lsang kim yig’laydi» kitobidan ostiga chizilgan parchalar. Robin Sharma.

Oyog'imda kovushim yo'q deb yig'layotgandim, shunday odamni ko'rdimki kovush kiyishga oyog'i yo'q edi. (Asl muallifi hazrat Alisher Navoiy)

Ishqqa oid 40 qoida – Elif Shafaq (Sharh)

Ushbu kitob bugungi kunda asarlari zamonamiz bestselleriga aylanishga ulgurgan, Turkiya va AQSH yozuvchisi sifatida tanilgan Elif Shafaq tomonidan yozilgan. Unda ishq tuyg'usi va odamlar...

Aliment undirish haqida da’vo arizasi

Aliment undirish haqida da'vo arizasi namunasi | Алимент ундириш ҳақида даъво аризаси намунаси [googleapps domain="drive" dir="file/d/1LN4ZKE98nonWgRe9C9XtWwPX9tfSSrl2/preview" query="" width="640" height="480" /]  

Elif shafaq – Ishqqa oid 40 qoida (Ostiga chizilgan parchalar)

“Qonun misoli sham – u yoritadi. Lekin biz qorong’uda sham yorug’ida faqat bir yerdan boshqa yerga o’tishimiz mumkinligini ham unutmasligimiz kerak. Agar biz bor...

Mavzuga aloqador

Yig’iladigan mangal

Istalgan paytda, istalgan yerda shashlik qilish imkoniyati bu - Bizning yig'iluvchi mangalimiz! Mangal juda oson yig'iladi va sochiladi. Ishlatilgan materiali boshqa mangallarga qaraganda ancha mustahkam va...

Кислородный концентратор для проведения кислородной терапии, а также для приготовления кислородной пенки и коктейля.

Вы страдаете бессонницей? За последнее время Вы заметили, что Ваша память ухудшилась? У Вас проблемная кожа? У Вас упадок сил, депрессия? Вы быстро устаете? Вас часто мучают головные боли? У...

пенка

Мы много работаем, мало отдыхаем, большую часть дня проводим в помещении, сидим на диетах и любим выпить вина или пива вечером в пятницу. Все...

Bankka omonat qo’yish tartibi qanday?

Bank omonati (depozit)  bu - milliy yoki xorijiy valyutadagi pul summasi hisoblanib, bank va mijoz o‘rtasida kelishilgan muddatlarda pulni foizlar yoki ustamalar bilan yoki bunday shartlarsiz...
- Advertisement -

Civil.uz | Yuridik maslahatlar

Bizni telegramda kuzatib boring!

Obuna
Bekor qilish