![Bolalar nafaqasi 18 yoshgacha beriladimi?](https://civil.uz/wp-content/uploads/2025/01/civilpost-1200x630-57-1.jpg)
Bolalar nafaqasi 18 yoshgacha beriladimi?
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.08.2021 yildagi “Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʼrsatish hamda kambagʼallik bilan kurashish koʼlamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga asosan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 14 yoshgacha bolalari boʼlgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga toʼlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi oʼrniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etildi.
Shuningdek, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:
- bolalar nafaqasini tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha;
toʼlov muddati 6 oydan 12 oygacha oshirildi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab bolalar nafaqasi va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam toʼlovlarining quyidagi miqdorlari belgilangan:
bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;
150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;
kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 380 000 so‘m.