Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi necha yoshgacha beriladi?

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun 19-moddasiga muvofiq Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi.

Ushbu normaning uchunchi qismi a bandiga ko‘ra bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 16 yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga to‘lmasdan nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsalar, oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar.

Shunday ekan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini  bola 16 yoshga to‘lguncha olish mumkin. Bunga istisno tariqasida, 16 yoshga to’lgan bola oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinsa, u holda boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini olish bola 18-yoshga to’lgunicha uzaytiriladi. Bunga asos yuqoridagi hujjat 19-moddasi 4-qismida keltirilgan bo’lib unga ko’ra, o‘quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications