Boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini tayinlashni so`rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
- Pensiya tayinlanayotgan shaxsning pasporti;
- Oila a`zosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh to`g`risidagi guvohnoma…);
- Vafot etganlik to`g`risidagi guvohnoma nusxasi;
- Vafot etgan boquvchining ish stajini tasdiqlaydigan hujjat (mehnat daftarchasi…);
- Vafot etgan boquvchining ish haqi to`g`risidagi ma`lumotnoma.
Bulardan tashqari, zarur hollarda boshqa hujjatlar talab etilishi mumkin.
Masalan:
- Oila a`zolari 16-18 yoshdagi o`quvchilar hisoblanishi to`g`risidagi ma`lumotnomasi;
- Tegishli organ tomonidan berilgan harbiy xizmatni, partizan otryadlari va qo`shilmalarda bo`lganlikni, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilganlikni tasdiqlaydigan ma`lumotnoma;
- Oliy ta`lim muassasalarida, aspiranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada kunduzgi o`qishni tasdiqlaydigan diplom yoki ma`lumotnoma va boshqalar.