Bu yil kirish imtihonlarida test topshiriladigan fanlar rasman tasdiqlandi (batafsil)

Davlat komissiyasi tomonidan bu yilgi kirish imtihonlarida savollar tushadigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi. Barcha fanlarni quyidagi havolada keltirilgan.

Shunga koʻra, bu yilgi abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi.

Barcha test topshiruvchilar uchun 3 ta fan majburiy hisoblanadi. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 94,5 ball.

1. Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.

2. Matematika – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.

3. Oʻzbekiston tarixi – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos 2 ta fandan savollar. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 186 ball.

1-fan – 30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.

2-fan – 30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.

Abituriyentlar bu yilgi kirish imtihonlarida 5 ta fandan jami 105 ta savol ishlashadi. Maksimal ball – 280, 5

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications