Bugungi kunning dolzarb mavzusi bo‘lgan Talabalar o‘qishini ko‘chirish haqida



Savol: Talabalar o‘qishini ko‘chirish baxorgi semestrdan oldin ham amalga oshirilishi mumkinmi?
Javob: O‘zbekistor Respudikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaroriga 1-ilova sifatida tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” Nizomga asosan talabalar o‘qishini ko‘chirish quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra bahorgi semestrdadan oldin ham amalga oshirilishi mumkin:
respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash ko‘chganda;
turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududga ko‘chib o‘tganda;
turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.
Bunda:
➖ o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish – har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvarigacha;
➖ o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish – har yili 25 yanvardan 15 fevralgacha amalga oshiriladi.
Arizalar:
▪️ o‘qishni ko‘chirish bir OTM doirasida bo‘lganda OTMning qabul komissiyasiga topshiriladi;
▪️ boshqa holatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi.

Shahrixon tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i B.Saidov

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications