Byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi

“Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

2021-yil may oyidan 14 ta tuman (shahar)da byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Mazkur yangi tartib 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran respublikaning barcha tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

2021-yil 1-iyuldan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qoʻshimcha mablagʻlarining eng kam miqdori 10 foizdan 30 foizga oshiriladi.

Shuningdek, jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlar uchun mablagʻlar “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”da toʻplanadi va undan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.

Tuman hokimliklari jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlarni byudjetdan moliyalashtirishga oid maʼlumotlarni har chorak boʻyicha rasmiy veb-saytlariga va “Ochiq byudjet” portaliga joylashtiradi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications