Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni nikohdan ajratish tartibi qanday?

O‘zbekiston hududida O‘zbekiston fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi, shu bilan birga chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohdan ajratish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

O‘zbekistondan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekiston hududidan tashqarida yashab turgan eri (xotini) bilan tuzilgan nikohdan, mazkur shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat’i nazar, O‘zbekiston sudida ajralishga haqli.

FHDY organlarida nikohdan ajralish mumkin bo‘lgan hollarda bunday nikohdan ajralish O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalarida yoki konsullik muassasalarida amalga oshirilishi mumkin.

Chet el davlat sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaror asosida O‘zbekiston fuqarosi bilan nikohdan ajratish (qaror qachon chiqqanidan qat’i nazar) ariza beruvchining turar joyidagi FHDY organida qayd etiladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications