Chet elda tuzilgan nikoh O’zbekistonda tan olinadimi?

Nikoh tuzishga:

  • loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;
  • nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;
  • loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston hududidan tashqarida, boshqa davlat hududida o‘sha davlatning qonun hujjatlariga rioya qilingan holda O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida tuzilgan hamda O‘zbekiston fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida tuzilgan nikohlar, nikoh tuzishga monelik qiladigan yuqoridagi holatlar bo‘lmasa, O‘zbekistonda haqiqiy deb e’tirof etiladi.

O‘zbekistondan tashqarida chet el fuqarolari o‘rtasida boshqa davlat hududida o‘sha davlatning qonun hujjatlariga rioya qilingan holda tuzilgan nikohlar O‘zbekistonda haqiqiy deb e’tirof etiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications