“Cho’qintirgan ota” romanidan ostiga chizilgan parchalar

Men unga shunday taklif qilamanki, qanday rozi bo’lganini o’zi bilmay qoladi. (Don Korleone)

*******

Buyuk insonlar buyuk bo’lib tug’ilishmaydi, ular buyuk bo’lib yetishadi…

*******

Hech qachon dushmanlaringdan nafratlanma, bu sening hukmingga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

*******

Qasos shunday taomki, u sovuqligida ichilgandagina mazali bo’ladi.

*******

Do’st hamisha fazilatlaringni past baholashi kerak, dushman esa nuqsonlaringga oshiqcha baho berib yuborishi lozim.

*******

Oilasi davrasida vaqt sarflamaydigan erkak haqiqiy erkak emas.

*******

Diplomat ko’targan yurist qo’lida qurol bo’lgan odamdan ko’ra ko’proq pulni o’g’irlashi mumkin. (Don Vito Korleone)

*******

Jamiyat bizni himoya qilishiga ishonmayman, men o’z taqdirimni yagona malakasi xalqni aldab ovoz yig’ish bo’lgan insonlar qo’liga topshirib qo’ya olmayman.

*******

Italiyanlarda shunday latifa bor, dunyo shu qadar mashaqqatliki, insonga g’amxo’rlik qilish uchun ikkita ota kerak, sguning uchun ham ularda cho’qintirgan otasi bor.

*******

Baxtsiz hodisalarni o’z aybim uchun deb bilganlar bilan baxtsiz hodisalar ro’y bermaydi.

*******

Hech qachon nima haqida o’ylayotganingni o’zgalarga bildirma.

*******

Ko’pchilik yosh erkaklar o’zining haqiqiy taqdiriga eltuvchi yo’lni xato tanlaydi. Vaqt va taqdirning o’zi ularni to’g’ri yo’lga solib qo’yadi.

*******

Barcha ulkan boylikning ortida jinoyat yotadi.


*******

Farzandlariga otalik qilolmagan erkak hech qachon haqiqiy erkak bo’lolmaydi.

*******

Bu yerda bizlarning barchamiz vijdonli kishilar ekanmiz, yuristlardek bir-birimizdan kafolat talab qilishimizga na hojat.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications