Daromad soligʻi — moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega boʻlgan jismoniy shaxslar (fuqarolar) ning soliq solinadigan jami daromadlaridan, yuridik shaxslar (tashkilotlar, xoʻjaliklar, korxonalar va b.)ning soliq solinadigan jami daromadi (foydasi)dan undiriladigan toʻgʻri, umumdavlat soligʻi.
Daromad solig’i jismoniy shaxslardan undiriladi.
Daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardir.
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr davomida 183 kalendar kundan ko‘proq muddat O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxsga aytiladi.
Soliq solinadigan baza – soliq solish obyektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning ohirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish obyektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq bazasi har bir soliq solish obyekti bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:
1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan barcha to‘lovlar (ish haqi, premiya, qo‘shimcha to‘lovlar, kompensatsiyalar va b.) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi.
2) mulkiy daromadlar;
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga foiz to‘lovlari, dividendlar, mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar, mulkni sotishdan olingan daromadlar va boshqa daromadlar kiradi.
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
Moddiy naf tarzidagi daromadlar bo‘lib, soliq agenti tomonidan soliq to‘lovchi manfaatlarini ko‘zlab tovarlar (xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini to‘lashi, jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari va h.k.
4) boshqa daromadlar.
Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlariga pensiya va nafaqalar, moddiy yordam, yutuqlar va boshqalar kiradi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi