Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki obyektlari, shu jumladan xorijdagi davlat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik yoki maʼlumotlarning toʻliqligini taʼminlamaslik mansabdor shaxslarga BHMning uch baravaridan besh baravarigacha (669 ming soʻmdan 1 mln 115 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa mansabdor shaxslarga BHMning besh baravaridan oʻn baravarigacha (1 mln 115 ming soʻmdan 2 mln 230 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications