Davlat idorasida ishlaydiganlarga bola puli berilmaydimi?

“Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bandida “Nizomning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlash va to‘lash qismida amal qilishi, korxona va tashkilotlarda ishlayotgan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mazkur korxona yoki tashkilotlar mablag‘lari hisobidan nafaqaning ushbu turi to‘lanayotgan onalarga tatbiq etilmaydi” deb ko‘rsatilgan.

Davlat ishida ishlaydigan onalarga Mehnat kodeksining 234-moddasiga asosan bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun taʼtil berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi, shu sababli mazkur fuqarolarga bola parvarishi bo‘yicha nafaqa berilmaydi.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, yaʼni 14 yoshgacha bolali oilalarga beriladigan nafaqa olishi mumkin, lekin oilaning daromadi belgilangan meʼyordan oshmagan bo‘lishi lozim.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications