Jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra hisoblab chiqarilgan soliqni o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay to‘laydilar.
Soliq to‘lovchilar hisoblangan soliqni to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan bank hisob raqamiga pul ko‘chirish yo‘li bilan yoki elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirishlari mumkin.
Jismoniy shaxslar hisoblab chiqarilgan soliqni chet davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin. Bunda milliy valyutada ifodalangan soliq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan soliq to‘langan sanadagi kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqariladi.
Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan soliqni to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.