Dividendlarga soliq solish tartibi qanday?

Yuridik shaxs tomonidan to‘lanadigan dividendlarga to‘lov manbaida 5 foiz miqdorida soliq solinadi.

Quyidagilar dividendlar deb e’tirof etiladi:
1) yuridik shaxsning foydasini ushbu yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) tegishli aksiyalar (ulushlar) bo‘yicha taqsimlash chog‘ida aksiyador (ishtirokchi) tomonidan olingan har qanday daromad;

2) tugatish chog‘ida yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lgan qismi bo‘yicha pul yoki natura shaklidagi to‘lovlar;

3) jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushi qismining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yicha to‘lash;

4) ushbu yuridik shaxsning o‘z kapitali (mol-mulki) hisobiga ustav fondi oshgan taqdirda yuridik shaxs aksiyadorining (ishtirokchisining) qo‘shimcha aksiyalar qiymati (ulush nominal qiymatining oshishi) tarzida olingan daromadlari.

Diqqat qiling! O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olinadigan, chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq dividendlar jumlasiga kiritiladigan har qanday daromadlar ham dividendlar deb e’tirof etiladi.

Yodda tuting! Xususiy korxona egasiga, oilaviy korxona a’zosiga yoki fermer xo‘jaligining rahbariga ularning ixtiyorida qolgan foyda miqdoridan to‘lanadigan daromad dividendlarga tengdir.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications