Doimiy propiska bekor boʼlishi mumkinmi?

Fuqaro roʼyxatdan chiqish uchun Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlar TShIIBB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

belgilangan namunadagi ariza (MvaFRB da toʼldiriladi);

pasport yoki tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma;

mudofaa ishlari boʼlimidan hisobdan oʼchirilganligi haqida belgisi mavjud hisob-harbiy hujjatlar;

uy daftari;

belgilangan miqdorda davlat boji toʼlanganligi toʼgʼrisidagi kvitantsiya.

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni roʼyxatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yoʼqotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Vafot etganlar oʼlim qayd etilganidan keyin roʼyxatdan chiqarilishi lozim.

Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va haqiqatga muvofiq boʼlmagan maʼlumotlar aniqlangan, shuningdek, viloyatlarda doimiy propiskaga ega boʼlish uchun asos boʼlgan hujjatlar qalbakilashtirilganligi aniqlangan taqdirda doimiy propiska TShIIBB MvaFRB tomonidan bekor qilinadi.

Propiskani bekor qilish yoki roʼyxatdan chiqarish sud qaroriga koʼra, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Roʼyxatdan chiqarilganda yoki propiska bekor qilinganda MvaFRB inspektori uch kun muddatda Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV hamda viloyatlar IIB manzil-maʼlumotlar byurosiga ketish varaqlarini yuboradi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications