Doimiy tarbiyada bo‘lganlar o‘z tarbiyachilariga ta’minot berishga (aliment to’lashga) majburmi?

Oila kodeksining 126-moddasiga binoan, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari bo‘lmagan yoxud ulardan ta’minot uchun mablag‘ ololmaydigan, amalda ularni tarbiyalaganlarga ta’minot berish majburiyati ularning doimiy tarbiyasi va ta’minotida bo‘lgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday majburiyat vasiylikda (homiylikda) turgan shaxslar zimmasiga yuklatilmaydi.

Mehnatga layoqatli doimiy tarbiyada bo‘lganlardan doimiy tarbiyaga olganlarga undiriladigan aliment tartibi va uning hajmi taraflarning yozma kelishuvi bilan belgilanadi (Oila kodeksining 130-moddasi).
Sud tarbiyada bo‘lganlarni, agar ular tarbiyachilarning tarbiyasi va ta’minotida besh yildan kam turgan bo‘lsa, qonunda ko‘rsatilgan majburiyatdan ozod qilishga haqli.

Tarbiyalanuvchini aliment to‘lashdan ozod qilish sudning majburiyati bo‘lmay, balki huquqidir. Shuning uchun sud ishni ko‘rishda hamma holatlarni hisobga olib, uni hal qiladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications