Dunyoning 20 g’alati qonuni

  1. AQShning 7 ta shtati konstitutsiyasiga ko’ra ateistlarga davlat idorasida ishlash ta’qiqlangan.
  2. 2000-yilgacha Alabamada irqlararo nikoh qonunga xilof sanalgan.
  3. Saudia Arabistonida nikoh yoshi belgilanmagan. 2008-yilda 8 yoshli qizning 58 yoshli erkak bilan aralish to’g’risidagi da’vosi Sud tomonidan rad etilgan.
  4. AQShning 29 ta shtatida besoqolbozlarni otib o’ldirgan kishi hech qanday javobgarlikka tortilmaydi.
  5. Er-xotin o’rtasidagi ajrim ta’qiqlangan yagona ikki davlat Filippin va Vatikan hisoblanadi.
  6. Tailandda pulni oyoq bilan bosish qonunga xilof sanaladi.
  7.  2013-yil iyul oyida Xitoyda  voyaga yetgan bolalar ota-onasidan tez-tez xabar olib turmasligini qonunga xilof deb topgan qonun qabul qilingan.
  8. Arkanzasda 1800-yillardan beri er xotinini urishiga ruhsat beruvchi qonun amalda. Unga ko’ra er xotinini oyiga bir marta urishi mumkin.😂
  9. AQShning Ayova shtatida mo’ylovli erkaklarga jamoat joyida ayollarni o’pish ta’qiqlangan.🤣
  10. Vermontda ayolllarga erlarining ruhsatisiz sohta tish taqishi qonun bilan ta’qiqlangan.
  11. Kentukkida ayolning bir erkakka uch martadan ortiq turmushga chiqishi qonun bilan ta’qiqlangan.
  12. Fransiyada o’lgan odam bilan turmush qurish qonun bilan ta’qiqlangan.
  13. Samoada erkaklarga xotining tug’ilgan kunini unutib qo’yish qonun bilan ta’qiqlangan.😱
  14. Viktoriya(Avstraliya)da elektrik litsenziyasiga ega bo’lmasangiz o’z uyingiz lampochkasini mustaqil almashtira olmaysiz.
  15. Bangladeshda imtihonda ko’chirgani yoki shpargalka ishlatgani uchun 15 va undan yuqori yoshdagi bolalar ozodlikdan mahrum qilinadi.😱🤣
  16. Fransiyada cho’chqaga Napaleon deb ism qo’yish jinoyat hisoblanadi. Bunga sabab buyuk Napaleonga ehtiromdir.
  17. Rossiyada Vladimir Putin tomonidan yosh bolalarga besoqolboz kishilar mavjudligi haqida aytish qonunga xilof deb belgilangan.
  18. AQShning Kolarado shtatida yomg’ir suvini to’plash qonunga xilof sanaladi. Bu huquqbuzarlik odatda fermerlar tomonidan sodir etiladi.
  19. Buyuk Britaniyada xatga qirol yoki qirolicha rasmi tushurilgan markani teskari(“oyog’ini osmondan”)qilib yopishtirish Vatanga xoinlik sanaladi.
  20. Turin(Italiya)da it boquvchilar itini kuniga kamida 3 marta sayr qildirishga majbur.
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications