Shanba, Avgust 8, 2020

Dunyoning eng mashhur masonlari

1 319

Masonlar tashkilotining dunyo bo’ylab 6  milliondan ziyod a’zolari mavjud. Tashkilot tashkil topganiga 5 asrdan ortiq vaqt bo’lganiga qaramasdan tashkilot faoliyati hamon sirliligicha qolmoqda.

Ushbu tashkilot haqida yagona jamoatga oshkor qilingan narsa tashkilot a’zolarining ro’yxati sanaladi. Va holanki, dunyoning ko’zga ko’ringan eng mashhur shaxslari ham ushbu ro’yxatdan o’rin olgan.

Quyida ushbu tashkilotning eng mashhur 8 ta a’zolari ro’yxati keltirildi. Ularning barchasi maxfiy qasamyod qabul qilishgan.

1. Benjamin Franklin o’z jamiyatini shakllantirgandan so’ng ushbu jamiyat a’zosiga aylangan.

Benjamin Franklin o’zining «Leathern Apron Club» nomli jamiyatini shakllantirgandan  bir necha yil o’tganidan so’ng Filadelfiyadagi Avliyo Jon Lojasining (Saint John’s Lodge) a’zoligiga qabul qilingan.

Uning ushbu tashkilotga a’zoligi va Pelsinvaniyadagi Grand Masterlik faoliyati Inqilobiy urush, AQSH ning asoschisi va ixtirochilik faoliyatiga halaqit qilmagan.

Rasmiy a’zolik: 1730

2. Jorj Vashington AQSh hukumatini shakllantirishda masonlik udumlariga amal qilgan.

AQShning birinchi Prezidenti Jorj Vashington Masonlar bilan kuchli aloqalar o’rnatgan. Qabul qilinganidan 1 yil so’ng unga «Bosh Mason»(Master Mason) unvoni berilgan. 1793-yil 18-sentabrda Masonlar urf-odatiga asoslangan holda AQSh hukumatining poydevoriga asos solgan.

Rasmiy a’zolik: 4-noyabr 1752-yil

3. Qandaydir yo’l bilan Motsart ham Masonga aylangan va 600 ta musiqa asari yaratgan.

Avstriyalik bastakor, Mason farzandi bo’lgan Motsart o’zining ulkan karyerasi davomida ko’plab Masoncha musiqa asarlarini yaratgan. U Avstriyadagi Zur Wohltätigkeit (Xayriya) Lojasining (Zur Wohltätigkeit (Charity) Lodge) a’zosi bo’lgan.

Rasmiy a’zolik: 14-dekabr 1784-yil

4. Simon Bolivar –  33-darajali Mason.

Janubiy Amerika Ozodlik kurashi va siyosiy yetakchisi bo’lgan Simon Bolivar Ispaniya imperiyasi zulmiga qarshi  kurashgan eng buyuk qahramonlardan biri sanaladi.

Uning lojasi, (Masonic Lodge «Lautaro» ),nafaqat uni, balki Janubiy Amerikaning boshqa Asoschilarini ham o’zida birlashtirgan. 1824-yil aprelida unga 33-darajali Inspektor General unvoni berilgan.

Rasmiy a’zolik: 1803

5. Mark Tven Avliyo Luis Lojasi (St. Louis lodge) a’zosi bo’lgan.

Adabiyot namoyondasi Mark Tven Avliyo Luisdagi Polar Star Lodge No. 79, A.F.&A.M. lojasi a’zosi bo’lgan va a’zoligidan bir necha oy so’ng Bosh Mason unvonini olgan.

Ma’lum vaqt a’zolik badalini to’lay olmaganligi sababli a’zolikdan chetlatib turilgan va vaqt o’tishi bilan a’zoligi qayta tiklangan.

U tashkilotdan 1867-yilda iste’foga chiqqan va bir yildan so’ng boshqa lojaga a’zolikka qabul qilingan.

Rasmiy a’zolik: 5-may 1861-yil

6. Uinston Chorchil Masonlik tashkilotiga butun hayoti davomida yordam berib kelgan

Buyuk Britaniyaning 2 karra bosh vaziri va AQShning sharafli fuqarosi sanalgan Uinston Chorchil Angliyadagi 1591-raqamli Stadholm Mason Ljasining(the Studholme Mason Lodge No. 1591) a’zosi bo’lgan.

Uning oila a’zolari va ko’plab do’stlari masonlar bo’lishgan. Shunga qaramay u shaxsan masonlar faoliyatida ko’p ham ishtirok etmagan. 1912-yili u a’zolikdan chiqqan va shunday bo’lsada, qolgan umri davomida tashkilotga yordam berib kelgan.

Rasmiy a’zolik: 24-mart 1901-yil

6. Turkiyaning asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning atrofi ham masonlar bilan qamrab olingan.

Inqilobchi va Turkiyaning asoschisi hisoblangan Mustafo Kamol Otaturk ham o’zining butun faoliyati davomida Masonlar bilan aloqada bo’lgan.

Turkiya mustaqilligi uchun kurash vaqtida uning 7 ta harbiy qo’mondonidan 6 tasi Mason bo’lishgan. Otaturkning o’zi Solonikadagi Vritas Lojasining (Lodge Veritas in Salonica) a’zosi bo’lgan.

Rasmiy a’zolik: 1907-yil

7. Franklin Delano Ruzvelt Masonlar tashkilotining sharafli a’zosi bo’lgan

Ruzvelt Nyu York hokimi va AQShning 32-prezidenti bo’lgan. U AQShni Buyuk Depressiya va 2-johon urushi vaqtida boshqargan. Shu bilan birga u DeMoley orderining Sharafli Grand Masteri bo’lgan(Masonlik tashkiloti).

Sharafli unvon berish marosimi Oq Uyda bo’lib o’tgan. Ruzvelt Nyu Yorkdagi Golland Lojasining a’zosi bo’lgan.

Rasmiy a’zolik: 11-oktyabr 1911-yil

8. Edgar Huver hali 25 yoshga to’lmasdan Bosh Mason bo’lgan.

Edgar Huver Federal Qidiruv Bo’limi (the FBI)ni tuzgan bo’lishi mumkin, lekin u kko’pgina yutuqlarga Mason sifatida o’tkazgan umri davomida erishgan.

U hali 25 yoshga to’lmasdan Bosh Mason unvoniga ega bo’lgan. 1955-yilda u 33-darajali Inspektor General unvoniga ega bo’lgan. 1965-yilda Grand Cross sharafli unvoniga sazovor bo’lgan.

Hatto Masonlar Ibodatxonasida unga bag’ishlab alohida xona tashkil etilgan.

Rasmiy a’zolik: 1920
Ushbu maqola www.businessinsider.com saytidan olindi.

Ommabop

Ishqqa oid 40 qoida – Elif Shafaq (Sharh)

Ushbu kitob bugungi kunda asarlari zamonamiz bestselleriga aylanishga ulgurgan, Turkiya va AQSH yozuvchisi sifatida tanilgan Elif Shafaq tomonidan yozilgan. Unda ishq tuyg'usi va odamlar...

Andijon – Muhammad Yusuf

Qani Bog'ishamol kezgan yellaring, Qirlarda kekkaygan qirg'ovullaring, Eslab ezilmasmu endi dillaring, Nega yig'lamaysan, ahli Andijon?.. Ming yillik chinorlar bo'ldi-ku o'tin, Qoshu qabog'ingga to'ldi-ku tutun, Soyingda qoldimi suving bir yutum, Nega yig'lamaysan,...

Elif shafaq – Ishqqa oid 40 qoida (Ostiga chizilgan parchalar)

“Qonun misoli sham – u yoritadi. Lekin biz qorong’uda sham yorug’ida faqat bir yerdan boshqa yerga o’tishimiz mumkinligini ham unutmasligimiz kerak. Agar biz bor...

Nikohni bekor qilish uchun to’lanadigan davlat boji miqdori

Fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga beriladigan: nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan - Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan - Bazaviy...

Bola puli kimlarga beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra,...

Mavzuga aloqador

Tushunishga harakat yoxud kambag’allik haqida qisqacha

Odamiy ersang, demagil odami, Onikim, yo’q xalq g’amidin g’ami. Alisher Navoiy Och qolayotgan odamlar, xarobalar, bolalar o’limi. Farzandlaringizni yetarli ozuqa bilan ta’minlay olmaganingizda ularning ko’ziga qarash…Eng so’nggi...

Akustik gitara sotiladi

#bilasizmi 🎵 Musiqa asbobini chalish: 🎶 🔸 Xotirani mustahkamlaydi 🔹 Stress holatini bartaraf etadi 🔺 Mehnat unumdorligini oshiradi 🔸 Yaratuvchanlik qobiliyatini kuchaytiradi 🔹 Eng Muhimi Kayfiyatni ko'taradi va vaqtni mazmunli...

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlardan 217 nafarining ahvoli og‘ir ekani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 27-iyul soat 11:30 holatiga ko‘ra koronavirusdan davolanayotan bemorlar soni 9...

Ikki joyda bir stavkadan ishlash mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “O'rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to'g'risida”gi nizomning 7-bandiga muvofiq o'rindoshlik asosida...
- Advertisement -

Civil.uz | Yuridik maslahatlar

Bizni telegramda kuzatib boring!

Obuna
Bekor qilish