Elektron raqamli imzo qanday olinadi?

Elektron raqamli imzo  – Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron maʼlumotlarni kriptografik oʻzgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo maʼlumotlar blokiga qoʻshib qoʻyiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va maʼlumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yoʻli bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qoʻyganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi.

Elektron raqamli imzoni oddiy usulda olish

Elektron raqamli imzoni olish uchun davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurasiz.

Sizga kerak bo’ladi:

1. Pasport
2. Fleshka

To’lov:

Eng kam ish xaqining 7% miqdoridagi summa to’lanadi.

Elektron raqamli imzoni internet orqali olish

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Ro‘yxatga o‘tish markazining rasmiy saytiga https://e-imzo.uz/ havola orqali o‘tish kerak bo‘ladi. Mazkur imkoniyat
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan elektron so‘rovnomani to‘ldirish bilan boshlanadi.

Agar kompyuterda e-imzo-3_41.exe dasturi o‘rnatilmagan bo‘lsa, uni rasmiy saytdan (https://dls.yt.uz/E-IMZO-v3.41.zip) yuklab oling.

1 – qadam

Dastlab rasmiy saytning bosh sahifasida “ERI kalitini olish” tugmasini bosib, arizani to‘ldirish qadamlariga o‘tiladi. Bu yerda yuridik yoki jismoniy shaxs tanlanadi va STIR ma’lumotlari bilan mobil telefon raqami kiritiladi.

Mobil telefon raqami ERI yopiq kaliti egasini nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.

Mobil telefon raqamini tasdiqlash uchun SMS xabar orqali sonli kod yuboriladi. Ushbu kodni kiritib, telefon raqamini tasdiqlang.

2-qadam

So‘ngra ekranda 2-qadam oynasi paydo bo‘ladi. Bu qadamda ERI yopiq kaliti, uning paroli yaratiladi. Shu bilan birga so‘rovnomaga murojaat
etuvchining pasport nusxasi hamda pasportning asosiy sahifasi bilan birgalikda selfi usulida olingan foto nusxasi ilova qilinadi.

Ilova qilinayotgan fotosurat nusxada murojaatchi yuz qiyofasi “anfas” shaklda va tiniq ko‘ringan hamda pasportning asosiy sahifasi barcha simvollari o‘qib bo‘ladigan sifatda bo‘lishi shart. Foto hajmi 5 MB dan oshmasligi lozim.

Barcha kataklar to‘ldirilgandan so‘ng, “ERI kalitni yaratish va davom etish” tugmasi bosiladi. Formada kiritilgan parolni esda saqlang.

3-qadam

Endi axborot tizimi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida elektron so‘rovnoma shakllantiriladi. So‘rovnoma bilan tanishib chiqib, “So‘rovni yuborish” tugmasi bosiladi. Shu bilan 3-qadam yakuniga yetadi.

4-qadam

Agar ko‘rib chiqish natijasi ijobiy bo‘lsa, u holda murojaat etuvchiga SMS xabar keladi. Shundan so‘ng, “Arizani topish” bo‘limiga o‘tib, ERI serifikatini ko‘rishi va tasdiqlashi mumkin bo‘ladi. Arizani ko‘rib chiqish asoslantirilgan sabablarga ko‘ra rad etilishi mumkin.

“Tasdiqlash” tugmasini bosganingizdan so‘ng, siz ERI kaliti va sertifikatiga ega bo‘lasiz va barcha elektron xizmatlarda foydalanishingiz mumkin.
Qo‘shimcha savollar yuzasidan koll-syentrga 71-2023282 telefon orqali yoki 1198 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Izoh: Davlat xizmati uchun yig‘im jismoniy shaxslar uchun eng kam ish xaqining 7% va yuridik shaxslar uchun 10% ni tashkil etadi. To‘lovni ixtiyoriy
to‘lov tizimi orqali va elektron so‘rovnoma yuborishdan avval amalga oshirish mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications