Endilikda fuqarolar ham normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi

Qonunga koʻra, normativ-huquqiy hujjat (NHH) umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.

Fuqarolar ham referendum yoʻli bilan NHH qabul qilishi mumkin.

Qonun bilan nizomlar, yoʻriqnomalar, reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar va boshqa hujjatlarga alohida taʼrif berildi.

NHH loyihalari huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishi shart.

NHH loyihalari manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan quyidagi muddatlarda kelishiladi:

➖ qonun hujjatlari loyihalari – 7 ish kunida;

➖ Prezident farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari loyihalari – 3 ish kuni ichida;

➖ vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning hujjatlari loyihalari – 5 ish kuni ichida;

➖ mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalari – 3 ish kuni ichida.

Mazkur muddatlarni buzgan rahbarlar ijro intizomi doirasida javobgar boʻladi.

NHH samaradorligini, uning vaqtincha amal qilishini muayyan hududda va shaxslar doirasi boʻyicha cheklangan holda huquqiy eksperiment doirasida oʻrganish mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications