Farzandlikka olish tartibi

Ariza berish

Farzandlikka olish to’g’risidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan bolani farzandlikka olishni istovchi O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar farzandlikka olish to’g’risidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo’yicha sudiga, fuqarolik ishlari bo’yicha viloyat yoki Toshkent shahar sudiga beradi.

Arizaning mazmuni

Farzandlikka olish to’g’risidagi arizada quyidagilar ko’rsatilgan bo’lishi kerak:

  • farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi;
  • farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug’ilgan sanasi, uning yashash (turgan) joyi, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi to’g’risidagi, aka-uka va opa-singillari borligi yoki yo’qligi haqidagi ma’lumotlar;
  • farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) farzandlikka olish to’g’risidagi iltimosini asoslovchi holatlar va mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
  • farzandlikka oluvchilar (oluvchi) bolaning tug’ilganlik to’g’risidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o’zgartirishlar kiritishni istagan taqdirda — farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasini, ismini, otasining ismini, tug’ilgan sanasini (ko’pi bilan bir yilga), farzandlikka olinayotgan bolaning tug’ilgan joyini (agar bola o’n yoshdan oshmagan bo’lsa) o’zgartirish haqidagi, bolaning tug’ilganlik to’g’risidagi dalolatnoma yozuviga farzandlikka
    oluvchilarni (oluvchini) ota-ona (ota yoki ona) sifatida qayd etish haqidagi iltimos.Farzandlikka olish to’g’risidagi ariza farzandlikka oluvchilar (oluvchi) tomonidan imzolanadi.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

Farzandlikka olish to’g’risidagi arizaga quyidagilar ilova qilingan bo’lishi kerak:

  • nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi to’g’risidagi guvohnomasining ko’chirma nusxasi;
  • er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinganda — boshqasining roziligi. Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan bo’lsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi noma’lum bo’lsa, shuningdek bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi;
  • nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi pasportining
    ko’chirma nusxasi va nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnoma;
  • farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) sog’lig’i holati to’g’risidagi tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalaridan, shuningdek OITSga qarshi kurash markazidan ma’lumotnomalar);
  • fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qo’yilganligi to’g’risidagi hujjat, bundan O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 154-moddasining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar(turar joyidan qat’i nazar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari; farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs; aka-uka, opa-singillarni ular o’rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar; o’gay ota va o’gay ona) mustasno;
  • farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma yoki boshqa daromad manbalari haqidagi ma’lumotnoma; turar joyga bo’lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining boshqa davlat fuqarosi bo’lgan bolani farzandlikka olish to’g’risidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
  • farzandlikka olinayotgan bolaning O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun O’zbekiston Respublikasi vakolatli organining roziligi;
  • farzandlikka olinayotgan bola qonuniy vakilining va bola qaysi davlat fuqarosi bo’lsa, o’sha davlat vakolatli organining roziligi;
  • farzandlikka olinayotgan bolaning tug’ilganlik to’g’risidagi dalolatnoma yozuvidan ko’chirma;
  • farzandlikka olinayotgan bolaning sog’lig’i holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;
  • o’n yoshga to’lgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi o’zgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida(Bolaning roziligisiz farzandlikka olish) nazarda tutilgan hollar mustasno.
    Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi, to’rtinchi va beshinchi xatboshilarida ko’rsatilgan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qo’yilgan bo’lishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar O’zbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo’lishi kerak.
    Agar ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisida ko’rsatilgan hujjat O’zbekiston Respublikasi hududida berilgan bo’lsa, legalizatsiya qilinishi yoki apostil qo’yilishi hamda tarjima qilingan bo’lishi to’g’risidagi talablar ushbu hujjatga nisbatan tatbiq etilmaydi.
    O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan bolani farzandlikka olish to’g’risidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan hujjatlar, shuningdek farzandlikka oluvchilar qaysi davlat fuqarosi bo’lsa, o’sha davlat (bola O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotganda — ushbu shaxslar qaysi davlatda doimiy yashash joyiga ega bo’lsa, o’sha davlat)
    vakolatli organining ularning yashash sharoitlari haqidagi va farzandlikka oluvchi bo’la olish imkoniyatlari to’g’risidagi xulosasi, tegishli davlat vakolatli organining farzandlikka olinayotgan bolaning ushbu davlatga kirishi va mazkur davlat hududida doimiy yashashi uchun ruxsatnomasi, farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) O’zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi vakillariga farzandlikka olingan bola haqida axborot berish va bola bilan muloqot qilish imkoniyatini berish to’g’risidagi notarial tasdiqlangan
    majburiyati ilova qilinadi.
    Chet el fuqarolari bo’lgan yoki fuqaroligi bo’lmagan farzandlikka oluvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qo’yilgan bo’lishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar O’zbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo’lishi kerak.
    Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va to’rtinchi qismlarida ko’rsatilgan hujjatlar sudga ikki nusxada taqdim etiladi.

O’zbekiton Respublikasi Fuqarolik Protsessual kodeksi
298-299-300-moddalari

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications