Foiz tarzidagi daromadlarga soliq solish tartibi qanday?

Har qanday turdagi qarz majburiyatlari bo‘yicha diskont tarzida olingan daromad, jumladan pul omonatlari bo‘yicha olingan daromad foizlar deb e’tirof etiladi.

Endilikda foizlar uni oluvchiga to‘liq miqdorda hisoblab o‘tkaziladi hamda foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliqlarni har chorakda hisob-kitob qilishda uning jami daromadi tarkibida hisobga olinadi.

Foizlarni to‘laydigan korxona ulardan soliqni ushlab qolmaydi. Bunday holatda foizlarni to‘laydigan korxona soliq agenti hisoblanmaganligi tufayli u soliq organiga foizlar bo‘yicha hisobotini taqdim etmaydi.

Foizlar oluvchi korxona ularni hisobot choragi yakunlari bo‘yicha foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha hisobotda hisobga oladi.

Amaliy misol (foyda solig‘ini tulovchi O‘zbekiston rezidenti olgan foizlarga soliq solish masalasi.)

“A” korxonasi “V” korxonasiga soliqlarni ushlamasdan 20 mln.so‘m miqdorida foizlarni hisoblagan va o‘tkazgan. “V” korxonasi uchun foyda solig‘i stavkasi- 15%. “V” korxonasi foizlar hisoblangan hisobot choragida 15%lik stavka bo‘yicha foyda solig‘ini hisob-kitob qilishda foizlar summasini jami daromadga kiritadi.

Ikkinchi holat,

Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisi bo‘lgan O‘zbekiston rezidenti olgan foizlarga soliq solish

“A” korxonasi “V” korxonasiga soliqlarni ushlamasdan 30 mln.so‘m miqdorida foizlarni hisoblagan va o‘tkazgan. “V” korxonasi uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi- 4%. “V” korxonasi foizlar hisoblangan hisobot choragida 4%lik stavka bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliqni hisob-kitob qilishda foizlar summasini jami daromadga kiritadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications