Foyda solig‘i hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi qanday?
Foyda solig‘i davri: kalendar yil.
Hisobot davri: yil choragi.
Soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) Choraklik soliq hisobotlar — hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay;
2) Yillik soliq hisobotlar — soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay.
Foyda solig‘ini to‘lash tartibi
Jami daromadi o‘tgan soliq davrida 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar tomonidan soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay to‘lanadi.
Jami daromadi o‘tgan soliq davri uchun 5 mlrd so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar hisobot davri har bir oyining 23 kunidan kechiktirmay to‘laydi. Bunday to‘lash bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Categories:
Soliq huquqi