Foydalanilmagan taʼtil uchun kompensatsiya to‘lanadimi?

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda, xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha taʼtillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.

Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimning xohishiga ko‘ra, yillik asosiy va qo‘shimcha taʼtillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilinishi mumkin. Bunda taʼtil tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications