Skip to main content

Fuqaro onasidan hadya qilgan uy-joyni boshqa fuqaroga sotishda turmush oʻrtogʻining rozilik arizasi olinadimi ?

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaning (04.01.2019-yil, roʻyxat raqami 3113) 29-bandida nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan koʻchmas mulk va avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa, koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.

Categories: Fuqarolik huquqi