Fuqaro uy-joy oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun sudga murojaat qilganda notarius tomonidan uy-joyni oldi-sotdi shartnomasini vaqtinchalik amalga oshirmasligi uchun murojaat qilishi mumkinmi ?
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning
31-moddasiga muvofiq manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga koʻra notarial harakatni amalga oshirish bir marotaba koʻpi bilan oʻn kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan maʼlumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim.
Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi toʻgʻrisida suddan maʼlumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal boʻlguniga qadar toʻxtatib turilishi koʻrsatilgan.
Categories:
Fuqarolik huquqi