Handalar

– Televideniye – haqiqiy mo’jiza!
– Rostdanmi?
– Ha, Ha. Ko‘zingni yumsang, u radioga aylanadi-qoladi.

***

Mast haydovchini yo‘l nazoratchisi to‘xtatdi. Haydovchi tormozni bosib, jahl bilan so‘radi:
– Qayerga borasan?
– Hech qayerga.
– Bo‘lmasa, nega qo‘l ko‘tarasan, yaramas?!

***

Starshina:
– o‘rtoq askar, suzishni bilasizmi?
– Xuddi shunday!
– Qayerda o‘rgangansiz?
– Suvda, o‘rtoq, starshina.

***

– Dada, moliyaviy daho kim?
– Xotini sarflaganidan ko‘proq pul topadigan odam.

***

Ruhiy xastaliklar shifoxonasidagi bir bemor shifokorga arz qildi:
– Menga chinakam telbani sherik qilib qo‘yishibdi. U har kuni kechqurun “Men chiroqman”, deb xonaning o‘rtasida turib oladi.
– Siz unga ahamiyat bermang. Axir, u aqldan ozgan-ku.
– Lekin chiroq yoniq tursa, uxlolmayman-da.

***

– Oyijon, shu tanlagan kuyovingiz menga yoqmayapti-da!
– Nega unday deysan?
– Qachon qarasam, ko‘zini yumib oladi.
– Parvo qilma! To‘ydan keyin ko‘zlari moshdek ochiladi.

***

– Salom, oshna! Tanimabman, boy bo‘lasan.
– Men ham boy bo‘lsam, seni tanimayman.

***

– Qizlar! Aytishlaricha, erkaklar ko‘zlari bilan sevisharkan!
– Rostdanmi? Voy, unda men ham erimni ko‘z do‘xtiriga olib borsam bo‘larkan.

***

– Og‘aynilar, Menda ikkita yangilik bor: biri yaxshi, biri yomon.
– Yaxshisidan boshla.
– Yangi tashkil etilgan gazetamizga homiy topildi.
– Ura!.. Endi yomonini ayt-chi?
– Hozircha uning puli yo‘q ekan.

***

– Menga qara, og‘ayni, mendan yuz ming so‘m qarzing borligi esingdami?
– Esimda. Mana, qara, yon daftarimga katta-katta harflar bilan yozib qo‘yibman.
– Ko‘rdim.
– Agar shunaqa eslataverib jig‘imga tegsang, umuman o‘chirib tashlayman!

***

– Doktor, piyonistalik yomon illat emas, balki kasallik ekanligi to‘g‘rimi?
– Ha, to‘g‘ri! Mendan nima istaysiz?
– Yuz gramm spirt va kasallik varaqasini.

***

Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi. Uy egasi eshikni ochib, bir talay mehmonlarga ko‘zi tushdi.
– Hech bo‘lmasa, ogohlantirib qo‘ysanglar bo‘lardi! – dedi uy egasi ta’nali ohangda.
– Ogohlantirsak, seni uyingdan topa olmay qolamiz, deb o‘yladik-da…

***

– Dunyoda shunday o‘g‘rilar borki, ularga jazo beradigan qonun yo‘q.
– Yo‘g‘-ye, dadasi, hamma o‘g‘rilarga jazo bor, shekilli?
– Erining cho‘ntagiga tushadigan xotinlarga!..

***

Bir kishi poraxo‘r boshliqqa dedi:
– Kechirasiz, mana bu ellik ming so‘m pulni tushirib qoldiribsiz.
– Yo‘q-ye, men odatda yuz ming tushirib qoldirardim-ku!

***

Qabulxona telefoni jiringladi:
– Iltimos, direktoringizni chaqirib bersangiz.
– U kishi bandlar.
– Axir, men uning xotiniman-ku!
– E-e, hamma ham shunaqa deydi.

***

– Nega ayollar yoshlari nechadaligini aytishni yomon ko‘rishadi?
– Ko‘z tegishidan qo‘rqishadi.

***

– “Fanta” yaxshimi yoki pivo?
– Albatta, pivo! Bir o‘tirishda besh litr “Fanta” ichib ko‘r-chi!

***
Futbol sharhlovchisi:
– Bizning jamoamiz urgan ajoyib, chiroyli bir to‘pga raqiblarimiz arzimagan uchta to‘p bilan javob qaytarishdi.

***

Yong‘in haqida xabar bergan kishidan o‘t o‘chiruvchi so‘radi:
– Yong‘in bo‘layotgan joydan kabob hidi kelyaptimi?
– Yo‘q. Sezmadim…
– Demak, jabrlanganlar yo‘q!..

***

Xotinim bilan umuman hayvonot bog‘iga borib bo‘lmaydi. Qafasdagi hayvonlarni ko‘rishi bilan asabiylashib, yig‘lashga tushadi.
– Nima, hayvonlarga shunchalik achinadimi?
– Yo‘g‘-ye. Shuncha mo‘yna befoyda yotganiga afsuslanadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications