Hech qayerda ishlamaydigan shaxsdan qancha aliment undiriladi?
3 views
Aliment to‘lovchi ishlamaydigan bo‘lsa yoki ish haqi yoxud daromadini tasdiqlovchi hujjatlarni sudga taqdim qilmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Agar qarzni bunday belgilash aliment to‘lovchining manfaatlariga jiddiy putur yetkazsa, bu haqda sudga murojaat qilish mumkin. Sud aliment to‘lovchining moddiy, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni inobatga olib, alimentning pul bilan to‘lanadigan qat’iy summasini belgilashi mumkin.