Bosh sahifa / Oila huquqi / Ajrim / Homilador ayol bilan ajrashish mumkin emasmi?

Homilador ayol bilan ajrashish mumkin emasmi?

Xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug’ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to’g’risida ish qo’zg’atishga haqli emas. (O’zR Oila kodeksi 39-modda)

Bu qoida shuni anglatadiki, agar xotin homilador bo’lsa, er ajrashish uchun sudga da’vo arizasi bera olmaydi. Bola tug’ilganidan so’ng ham erkak ajrashish uchun ariza bera olmaydi. Sababi shuki, bola bir yoshga to’lmaguncha, yoki agar bola o’lik tug’ilsa, bir yil davomida erkak xotinining roziligisiz ajrashish uchun sudga ariza berishi mumkin emas. (O’zR Oila kodeksi 39-modda)

Lekin ushbu qoidani ba’zi odamlar xato tushunishadi va xotin homiladorligi davrida umuman ajrashishning iloji yo’q deb o’ylashadi. Bu mutlaqo xato fikr.

Agar homilador xotin nikohdan ajrashishni xohlab, sudga ariza bersa, sud ushbu arizani qabul qiladi va ishni odatdagi tartibda ko’rib chiqadi.

Shuningdek, nikohdan ajralish to’g’risida belgilangan tartibda homilador xotinining roziligini olgan erkakning sudga bergan arizasi ham qabul qilinadi va ish sud tomonidan odatdagi tartibda ko’rib chiqiladi.

Civil.uz | Yuridik maslahatlar

Bizni telegramda kuzatib boring!

Obuna
Bekor qilish