Bosh sahifa / Ta'lim / Homiladorlik va tug‘ish ta’tili davri uchun talabalarga stipendiya to’lanadimi?

Homiladorlik va tug‘ish ta’tili davri uchun talabalarga stipendiya to’lanadimi?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligining 2004 yil 10 martdagi 2-P, 43-son qarori bilan «TASDIQLANGAN»  «Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA» ga muvofiq:

Homiladorlik va tug‘ish ta’tili davri uchun talabalarga stipendiya qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Agar homiladorlik akademik ta’til davrida yuzaga kelgan bo‘lsa, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik to‘g‘risida yagona namunadagi ma’lumotnoma taqdim etilganda akademik ta’til to‘xtatilishi hamda homiladorlik va tug‘ish ta’tili rasmiylashtirilishi kerak.
2 yoshgacha bolasi bo‘lgan va o‘qishni ta’limning kunduzgi shaklida davom ettirayotgan talaba ayollarga stipendiya to‘liq miqdorda to‘lanadi. Bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash ta’tilida bo‘lish davrida stipendiya to‘lanmaydi.
Bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash bo‘yicha nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.

Fikr bildirish